Maxsus parvarishlash yo‘riqnomalari yo‘q, lekin trusiklaringiz uzoq vaqt xizmat qilishi uchun mana bir nechta foydali maslahatlar.
Birinchi navbatdan, foydalanishdan oldin Nella trusiklaringizni maksimal singdiruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lishi uchun yuvishni tavsiya qilamiz.
Foydalangandan so‘ng darhol trusiklarni sovuq suvda, qo‘lda chaying, suv tiniq bo‘lguncha yuvib turing.
Agar kir yuvish mashinasida yuvilsa, “nozik matolarni yuvish rejimi”ni va 30° darajadan yuqori bo‘lmagan haroratni tanlashni tavsiya qilamiz, va glitserinsiz kir yuvish kukunidan foydalaning.
Agar qo‘lda yuvilsa, trusiklarni avval sovuq suvga namlang va 10-15 daqiqadan so‘ng yuvish mumkin. Kir yuvishda yumshatgichlar, oqartgich va xlor ishlatmaslik muhim, chunki bu trusik matosiga zarar yetkazishi mumkin.
Mahsulotni quruq xonada yoki ochiq havoda quritishni tavsiya qilamiz. Nella trusiklarining mato tuzilmasiga zarar yetkazmaslik uchun ularni issiq radiator ustida quritish, quritgichda quritish yoki dazmollash tavsiya etilmaydi.